Qozog‘istonning Jansugurov nomidagi Jetisu davlat universiteti ilmiy laboratoriyasi xodimlari bioplazmali generator namunasini yaratdi, deya xabar bermoqda “24.kg”.
U kichik idishga o‘tqazilgan oddiy kashnichdan elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Hozircha uskuna 1 millivolt ishlab chiqarmoqda, biroq mablag‘ ajratilsa, mutaxassislar uning quvvatini oshirmoqchi.
Ixtirochilar ta’kidlashicha, elektr quvvatini ishlab chiqarish uchun har qanday biologik xomashyodan foydalanish mumkin. Energiya jonsiz moddada ham mavjud bo‘lganligi uchun, uni o‘simliklar, ko‘pyillik o‘tlar va hatto yog‘ochdan ham olish mumkin.
Universitet prorektori Lazzat Erkinboyeva so‘zlariga ko‘ra, bunday texnologiyaning dunyoda o‘xshashi yo‘qdir. Agar 250 gektarlik maydonga modulli fitoelektr stansiyasi o‘rnatilsa, 5 ming aholiga ega qishloqni energiya bilan ta’minlash mumkin.
Izoh (0)