Tayvanlik oila internetga joylagan video foydalanuvchilar orasida shov-shuvga sabab bo‘ldi, deb yozadi “Vesti.ru”. Unda oila boshlig‘i yurib ketayotgan mashinaning ruliga bir oylik chaqalog‘ini bog‘lab qo‘ygani aks etgan.
Bolaning ota-onasi va uning o‘zi esa bundan zavqlanib kulayotganini ko‘rish mumkin. Internet foydalanuvchilari haddan tashqari beg‘am ota-onani tanqidlarga ko‘mib tashladi.
Video chaqaloqning onasi tomonidan suratga olinib, YouTube’ga qo‘yilgan edi. Biroq noroziliklardan so‘ng u videoni o‘chirib tashladi.
Foydalanuvchilar esa tanqidlar bilan kifoyalanmay, bu borada ijtimoiy xizmatlarga murojaat qildi. Ular esa chaqaloqning ota-onasi bu videoda hech qanday nojo‘ya harakat qilmaganini aytdi.
Izoh (0)