Astronom olimlar tarixda birinchi marta Persey yulduzlar turkumida yangi yulduz tizimning shakllanish jarayonini muhrlashga muvaffaq bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru” Nature jurnaliga tayanib.
Ayni paytda yulduz tizimi bitta shakllangan yulduz va uchta gaz bulutidan iborat, ular astronomlar hisob-kitobiga ko‘ra, 40 ming yildan so‘ng to‘laqonli yulduzlarga aylanadi. Yulduzlar ancha kichik bo‘lishi taxmin qilinmoqda: har birining og‘irligi Quyosh massasining o‘ndan biriga teng.
Izoh (0)