Fransiya prezidenti Fransua Olland va Germaniya kansleri Angela Merkel 6-fevral, juma kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Donbassdagi vaziyatni muhokama qilish uchun Moskvaga qisqa tashrif bilan keladi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Germaniya va Fransiya yetakchilari Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan muzokaralardan so‘ng Moskvaga uchib keladi. U avvalroq AQSh davlat kotibi Jon Kerri bilan ham uchrashgan edi.
Oliy darajadagi uch tomonlama muzokaralar Moskvada mahalliy vaqt bilan 17:00 (Toshkent vaqti bilan 19:00)ga belgilangan. Bungacha bir necha soat davomida uchala mamlakat ekspertlari konsultatsiyalar o‘tkazadi.
Izoh (0)