Fransiya poytaxtida shahar ko‘chalarida aktyorlar politsiyachilar, harbiy xizmatchilar yoki xavfsizlik xizmati xodimlari formasida ishtirok etadigan jangari filmlarni suratga olish taqiqlandi, deya xabar bermoqda Associated Press. Bunday qaror Parijda yanvar boshida bo‘lib o‘tgan qator teraktlardan so‘ng qabul qilindi.
“Forma kiygan aktyorlar terrorchilar uchun nishonga aylanishi mumkin, bundan tashqari, ular jamoatchilikni chalg‘itadi”, — dedi Parij ko‘chalarida syomka o‘tkazish uchun ruxsatnoma beruvchi politsiya xodimi. Uning aytishicha, taqiq qancha vaqt amalda bo‘lishi noma’lum.
Izoh (0)