Qozog‘iston hukumati bir qator Rossiya mahsulotlari yetkazib berilishini taqiqlamoqchi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net” Rossiya qishloq xo‘jaligi vazirligi va oziq-ovqat mahsulotlari bozoridagi manbasiga tayanib. Bunga rubl kursi tushib ketishi natijasida ular ichki bozorga xavf tug‘dirishi mumkinligi sabab bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Ostona neft mahsulotlari, avtomobillar va ular uchun akkumulyatorlar, qurilish armaturasi, go‘sht, tovuq tuxumi, makaronlar, qandolat mollari, un va sharbatlarga embargo kiritishni talab qilmoqda.
Rossiya mahsulotlariga taqiq va cheklovlar kiritishni so‘rab, Qozog‘iston hukumatiga Qozog‘iston tadbirkorlari milliy palatasi vakillari murojaat qildi. Ularning aytishicha, narxlar tushib ketishi natijasida qozog‘istonlik ishlab chiqaruvchilar rossiyaliklar bilan raqobatlasha olmaydi.
Izoh (0)