So‘nggi tadqiqot natijalari Facebook ijtimoiy tarmog‘ini 13 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar tark etib borayotganini ko‘rsatdi, deb yozadi “Rossiyskaya gazeta”.
Ekspertlarning aytishicha, bunga Facebook’ning katta avlod vakillari tomonidan faol ravishda foydalanilayotgani sabab bo‘lgan. O‘smirlar o‘z fikrlari va rasmlarini kattalar ko‘rishini istamaydi, shu tufayli Facebook’ga ularni joylamay qo‘ydi.
Instagram esa, aksincha aynan shu yoshdagi o‘smirlar orasida eng ommabop ijtimoiy tarmoqqa aylandi. So‘nggi vaqtlarda ushbu dasturdan foydalanadigan 13—17 yoshlilar soni taxminan 25 foizga oshdi.
Izoh (0)