Britaniya jinoyatchilik jamiyati vakillari asta-sekinlik bilan eski telefonlarni sotib ola boshladi, deb yozadi “Rossiyskaya gazeta”. Ular fikricha, ushbu qurilmalarni politsiya kuzata olmaydi.
Aniqlanishicha, jinoyatchilar orasida Nokia 8210 eng ommabop telefondir. 1999-yilda chiqarilgan model o‘zining kichik hajmi va “abadiy” akkumulyatori bilan jinoyatchilarni o‘ziga jalb qilgan. Telefon Bluetooth va Wi-Fi’dan uzoqda, ammo infraqizil port bilan jihozlangan, bu zarur axborotni boshqa shunday qurilmaga tezkorlik bilan uzatish imkonini beradi.
Qonunbuzarlarni eski telefonlarga qaytishga Birlashgan Qirollikda yaqinda shakllantirilgan Jinoyatchilik bilan kurash bo‘yicha milliy agentlik tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar undadi. Gap shundaki, ular jinoyatchilarning smartfonlariga xakerlik hujumi uyushtirish orqali ularning joylashgan o‘rnini bilib olib, ko‘plab qonunbuzarlarni qo‘lga tushirdi.
Izoh (0)