“Navoiy” erkin industrial iqtisodiy zonasida 2015-yilda umumiy qiymati 15,5 million dollarga teng loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Navoiy viloyat hokimiyati iqtisodiyot bosh boshqarmasiga tayanib, “12news.uz” xabar berdi.
Joriy yil bu yerda elektron hisoblagichlar, quyosh panellari, telefonlar, planshetlar, noutbuklar, televizorlar, avtomobillar uchun starter (o‘t oldiruvchi mexanizm)lar, emallangan mis simlar va o‘tkazuvchi kabellar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar ishga tushiriladi. Loyihalarning jami qiymati 37,8 milliard so‘m (respublika Markaziy banki kursi bo‘yicha 15,5 million dollar)ni tashkil etadi.
Izoh (0)