“El-xolding” Samarqand ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib uch g‘ildirakli mototsikllar, fermer xo‘jaliklari uchun seyalkalar va yengil avtomobillar uchun tirkamalar ishlab chiqara boshladi, deb yozadi “12news.uz”.
Korxona direktori o‘rinbosari Sobir Qodirov so‘zlariga ko‘ra, bu yerda oyiga o‘rtacha 250—300 dona texnika chiqariladi.
“GM Uzbekistan kompaniyasi bilan o‘zaro kelishuvlarga ko‘ra, 2015-yildan korxonada mototsikl dvigatellarini ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi. Shuningdek motovositalarni ‘O‘zavtosanoat’ kompaniyasi avtosalonlari orqali respublika ichki bozorida sotish rejalashtirilmoqda”, — dedi Qodirov.
Izoh (0)