Sankt-Peterburgdagi Pushkin tumani sudi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Jahongir Rahimovga nisbatan jinoiy ish bo‘yicha hukm chiqardi, deya xabar bermoqda Sankt-Peterburg prokuraturasi matbuot xizmati.
Sud aniqlashicha, u 2014-yil 6-avgustda “Kolpina—Zvyozdnaya” yo‘nalishli avtobusni boshqarayotib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalish qismiga o‘tib ketgan va GAZ — 2752 avtomobili bilan to‘qnashib ketgan. Yo‘l-transport hodisasi sudlanuvchining yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmaganligi oqibatida sodir bo‘lgan. Natijada GAZ — 2752 haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchisi halok bo‘lgan.
Sud Rahimovni jazoni surgun koloniyasida o‘tash sharti bilan 4 yilga ozodlikdan mahrum etdi.
Izoh (0)