Hindiston sharqida musulmonlar va hinduiylar guruhi o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda kamida uch kishi o‘z uylarida tiriklayin yoqib yuborildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Bixar shtati ma’muriyati rahbari so‘zlariga ko‘ra, to‘qnashuvlar 18-yanvar, yakshanba kuni bir hafta avval yo‘qolgan hindi bola Sarayyan qishlog‘ida topilgach, boshlangan.
Hinduiylar guruhi musulmonlarni bolaning o‘limida ayblamoqda. Ularning fikricha, bola o‘sha qishloqda yashovchi musulmon qiz bilan do‘stlashgani uchun o‘ldirilgan.
Politsiya qashshoq musulmon qishloqlarida o‘nlab uylarni yoqib yuborishda ayblab, sakkiz nafar hinduiylarni hibsga oldi.
Izoh (0)