BMT Bolalar fondi (YuNISEF) va Yevropa Komissiyasi Gumanitar yordam va fuqarolik himoyasi departamenti (ECHO) o‘rtasida Markaziy Osiyo va Kavkazortida ofatlar riskini kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni olib borish bo‘yicha sheriklik kelishuvi imzolandi. Bu haqda 12news.uz xabar berdi.
1,8 million dollarlik dastur doirasida ofatlar riskini kamaytirish muammolari ta’lim maktab dasturlari bilan integratsiyalanadi, o‘qituvchilar uchun maxsus seminarlar tashkil etiladi, shuningdek maktablarda “ofatlar risklarini boshqarish” tizimi mustahkanlanadi.
Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va O‘zbekiston davlat muassasalarida ofatlar riskini kamaytirish sohasida siyosiy va amaliy choralar mukammallashtiriladi.
Izoh (0)