YouTube’da taksa va uning xo‘jayini duet tarzida qo‘shiq ijro etgani aks etgan video ikki kun ichida bir milliondan ortiq marta tomosha qilindi, deb yozadi “Rossiyskaya gazeta”.
Unda itning egasi Mark o‘z partiyasini birinchi bo‘lib boshlaydi. Bir nechta “kuplet”dan so‘ng it qo‘shiq ayta boshlaydi va xo‘jayiniga jo‘r bo‘ladi.
Videolavhaga yozgan izohida Mark ushbu qo‘shiqni alla deb atagan, shuningdek itining laqabi Meggi ekanligini aytib o‘tgan.
Foydalanuvchilar o‘z sharhlarida itning qo‘shiqchilik qobiliyatiga tan bergan. Shuningdek Markning itiga bo‘lgan mehrini maqtagan.
Izoh (0)