Tayvanda geymer uch kun davomida kompyuter qarshisida o‘tirib, vafot etdi, deya xabar bermoqda RT.
Tayvandagi internet-klublardan birida administrator uch kun davomida o‘yin o‘ynab o‘tirgan 32 yoshli geymerga yaqinlashganida u kresloda harakatsiz o‘tirardi. Bunday holat avvallari ham sodir bo‘lgan, tanaffus paytlarida u ko‘pincha kompyuter qarshisida mudrab qolardi. Biroq bu safar u o‘lik holda topildi.
Shifokorlar o‘yinchining haddan tashqari sovqotish va zo‘riqishdan kelib chiqqan yurak to‘xtashi natijasida vafot etganini aniqladi.
Izoh (0)