Saudiya Arabistoni 16-yanvar kuniga mo‘ljallangan aktivist va bloger Raif Badaviyni omma oldida savalashni keyinga qoldirdi, deb yozadi “RBK”. Bunga uning tibbiy ko‘rsatkichlari sabab bo‘ldi.
50 darra qamchidan iborat dastlabki jazoni Badaviy bir hafta avval boshidan o‘tkazgan edi. Jarayon juma kungi namozdan so‘ng yana qaytarilishi kerak edi.
“Saudiya liberallariga erkinlik” (Free Saudi Liberals) sayti asoschisi Badaviy 2012-yilda kiberjinoyatlarni amalga oshirganlikda va o‘z otasiga quloq solmaganlikda gumon qilinib, hibsga olingan edi. O‘tgan yili bloger 10 yillik qamoq jazosi, 1 million rial (taxminan 266 ming dollar) miqdorida jarima va ming darra qamchiga hukm qilingan edi.
Izoh (0)