16-yanvar, juma kuni namozdan so‘ng qator mamlakatlarda Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar karikaturalarining chop etilishiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Euronews.
Nigerdagi Zinder shahrida Fransiya madaniyat markazi va cherkovga hujum uyushtirildi. Namoyishlar chog‘ida kamida to‘rt kishi, jumladan bir politsiyachi halok bo‘ldi.
Jazoir poytaxtida aksiya politsiya bilan to‘qnashuvga aylanib ketdi. 3000 kishi “Barchamiz — Muhammadmiz” shiori ostida namoyish uyushtirdi.
Istanbulning Fatih tumanida “Payg‘ambar yo‘ldoshlarining birodarlik platformasi” radikal ekstremistik uyushmasi tarafdorlari Kuashiy jihodchilarini ko‘klarga ko‘tarib, Usama ben Laden tasviri tushirilgan plakatlarni ko‘tarishdi. Politsiya masjid yonida aqidaparastlar namoyishining oldini oldi.
Eng ko‘p sonli namoyishlar Pokistonda bo‘lib o‘tdi. Karachidagi to‘qnashuvlarda kamida besh kishi, jumladan mahalliy telekanal jurnalisti jabrlandi.
Izoh (0)