12-yanvar kuni Turkmaniston rasmiy shaxslari Dashog‘uz va boshqa provinsiya poytaxtlarida majlislar o‘tkazib, korrupsiya va poraxo‘rlik masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Turkmaniston televideniyesining “Vatan” axborot dasturiga tayanib, “12news.uz” xabar berdi.
9-yanvar kuni mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov korrupsiya, poraxo‘rlik va salbiy moliyaviy xulqning boshqa shakllariga qarshi urush e’lon qilgach, ushbu masala dolzarb bo‘lib ketdi.
U Turkmaniston korrupsiya bilan shug‘ullanuvchi har qanday kishiga qarshi chora ko‘rishini ta’kidladi.
Izoh (0)