Germaniya kansleri Angela Merkel Rossiya prezidenti Vladimir Putinning G7 sammitiga taklif etilishi imkoniyatini istisno etdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qrimning bosib olinishi Sharqiy Ukrainadagi voqealar kabi xalqaro huquq tamoyillarining qo‘pol buzilishi bo‘ldi.
“Aynan shuning uchun ayni paytda Putinning iyunda Bavariyada bo‘lib o‘tadigan G7 sammitiga taklif etilishi uchun hech qanday imkoniyat yo‘q”, — dedi Merkel.
U bahorda Qrim Rossiyaga qo‘shilganidan so‘ng kiritilgan sanksiyalar masalasi muhokama etilishini aytdi.
“Joriy vaziyatni hisobga olgan holda sanksiyalar saqlanib qolishi mumkin”, — deya ta’kidladi u.
Izoh (0)