Rim papasi Fransisk so‘z erkinligi dinni haqorat qilish huquqini bermasligini aytdi, deya xabar bermoqda NBC News.
“Hech kim provokatsiya qilish, boshqa kishilarning dinini haqorat qilish va e’tiqod ustidan kulishga haqli emas”, — dedi pontifik. Uning aytishicha, har bir din o‘z fazilatlariga ega, va so‘z erkinligi huquqi umumiy manfaatni ko‘zlab gapirish majburiyatini ham o‘z ichiga oladi.
So‘z erkinligi huquqining cheklanishi masalasi 7—9-yanvar kunlari Fransiyada bo‘lib o‘tgan terrorchilik harakatlaridan so‘ng keng muhokama etila boshladi.
Izoh (0)