Yaponiyalik erkak surrogat onalardan tug‘ilgan 13 farzandini qaytarishni so‘rab Tailand sudiga murojaat qildi, deb yozadi “RIA Novosti” Yaponiya OAVlariga tayanib.
Tailand va Hindistonda surrogat onalar ko‘magidan foydalangan yigit 19 bolaning otasiga aylandi. Biroq o‘tgan yili ularning 13 nafari ish bo‘yicha vaziyatlar aniqlanguniga qadar Tailand hukumati vasiyligiga o‘tgan edi, ular ayni paytda Bangkokdagi yetimxonada saqlanmoqda.
19 nafar bolasining tug‘ilishini yaponiyalik “katta va ahil oila”ga ega bo‘lish istagi bilan izohladi. U nima uchun ushbu xohishni an’anaviy tartibda oila qurish yo‘li bilan amalga oshirmagani haqida xabar berilmayapti.
Tailand huquqni himoya qilish organlari bolalar nafaqat oilani yuzaga keltirish uchun, balki jinoiy maqsadlarda — Tailandda ular nomiga ko‘chmas mulk sotib olish yoki odam savdosi bilan shug‘ullanish maqsadida ham tug‘ilgan bo‘lishi mumkin deb hisoblaydi.
Izoh (0)