KXDR rahbari Kim Chen In 2015-yil mayida Rossiyaga tashrif buyurishga rozilik bildirdi. Bu haqda diplomatik manbalariga tayanib, Janubiy Koreyaning The Korea Herald nashri xabar berdi.
“Shimoliy Koreya Kim Chen Inni Rossiyaga chaqirib, yuborilgan taklifnomaga ijobiy javob berilgani tasdiqlandi”, — dedi manba.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabrida Rossiya KXDR yetakchisi Kim Chen Inni Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 70 yilligini nishonlash uchun Moskvaga taklif qilgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)