Fransiyada islom dinidan xavfsirash kayfiyati jadal o‘sib borayotgan bir paytda bosh vazir Manuel Vals fransiyalik musulmonlarni shaxsan qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Qator masjidlarga zarar yetkazildi, — deya qayd etdi Vals o‘z Tvitterida Parijdagi teraktlardan so‘ng tez-tez sodir bo‘layotgan islomofobiya voqealari yuzasidan izoh berar ekan. — Menga hamyurt bo‘lgan musulmonlarni ularni qo‘llab-quvvatlashimga ishontirmoqchiman”.
Izoh (0)