Xitoy KXDR yetakchisi Kim Chen Inni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi, deya xabar berdi “RIA Novosti” Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakiliga tayanib.
Vakil so‘zlariga ko‘ra, hukumat Shimoliy Koreyaga telegramma jo‘natgan. U Xitoy va KXDR o‘rtasida azaldan do‘stona aloqalar borligini aytdi.
“Xitoy KXDRning Kim Chen In rahbarligida sotsializm yo‘lida yangi yuksakliklarga erishishiga umid qiladi”, — deya qo‘shimcha qildi diplomat.
KXDR oliy rahbari bugun 32 yoshga to‘ldi.
Izoh (0)