Fransiya prezidenti Fransua Olland Charlie Hebdo haftalik gazetasiga uyushtirilgan terrorchilik hujumi natijasida halok bo‘lganlar xotirasiga motam e’lon qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Prezident televideniye orqali xalqqa murojaat qilib, 8-yanvar umummilliy motam kuni bo‘lishini ma’lum qildi.
Uch kun davomida Fransiya davlat muassasalarida bayroqlar tushirib qo‘yiladi.
Eslatib o‘tamiz, 7-yanvar kuni Fransiya poytaxti Parij shahrida joylashgan Charlie Hebdo satira gazetasi binosida noma’lum shaxslar o‘t ochishi oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan edi. Bundan tashqari, guvohlar yana 5 kishi jarohat olganini ma’lum qilgan.
Fransiya prezidenti Fransua Olland ushbu hujumni shubhasiz terrorchilik harakati deb atadi.
Izoh (0)