AQShda 757 yuk layneri qushlar bilan to‘qnashib ketgach, Portlend xalqaro aeroportiga favqulodda qo‘ndi. Bu haqda aeroport vakiliga tayanib, KATU News xabar berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Xabarda aytilishicha, samolyot mahalliy vaqt bilan 18:30 da (Toshkent vaqti bilan 07:30 da) havoga ko‘tarilgan va shu zahoti qushlar bilan to‘qnashib ketgan, natijada dvigatel bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan.
Layner ortga burilgan va aeroport janubiy uchish-qo‘nish yo‘lagiga qo‘ngan. Samolyot dvigatelidan beshta qush chiqarib olingan.
Hodisa natijasida hech kimga zarar yetmagan.
Izoh (0)