Belgiya adliya vaziri Kun Gens mahbus Frank van den Blekenning evtanaziya to‘g‘risidagi so‘rovi qondirilmasligini ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”. U zo‘rlash va qotillik uchun Belgiyadagi turmalardan birida bir umrlik qamoq jazosini o‘tamoqda.
“Shifokorlar Frank van den Blekenga nisbatan evtanaziyani amalga oshirish bo‘yicha jarayonni davom ettirmaslikka qaror qildi”, — dedi Gens. Biroq u bunga nima sabab bo‘lganiga oydinlik kiritmadi.
2014-yil sentabrida mahbus Bryusseldagi apellyatsiya sudidan evtanaziya uchun ruxsat oldi. U qilgan jinoyatlari tufayli ruhiy azoblardan qutulish maqsadida bunga qaror qilganini aytdi. 11-yanvar kuni u evtanaziya protsedurasidan o‘tishi rejalashtirilgan edi. Evtanaziyaga ruxsat olgani haqida ma’lum bo‘lgach, mamlakatdagi yana 15 nafar mahbus hayotdan o‘z xohishi bilan ketishga istak bildirdi.
Izoh (0)