Misrda arxeologlar guruhi avval noma’lum bo‘lgan Qadimgi Misr malikasining jasadini topdi, deb yozadi “Segodnya.ua”.
Murda bundan 4,5 ming yil oldin hukmronlik qilgan fir’avn Neferefraning rafiqasiga tegishli bo‘lishi mumkin.
Topilma Qohiradan janubi-g‘arbda joylashgan Abu Sirdagi Qadimgi Podsholik qabristoni hududida aniqlangan. Jasad qabristondagi fir’avn dafn kompleksidan topilgani tufayli, olimlar uning fir’avn rafiqasi bo‘lganini taxmin qilmoqda.
Izoh (0)