Dubayda uzunligi 5 kilometr, narxi 6 million dollarga teng tilla zanjir yasaldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” BAA OAVlariga tayanib.
Zanjir oltindan tayyorlangan eng uzun zargarlik buyumi sifatida Ginnesning Rekordlar kitobiga kirishi kutilmoqda.
Uni yasash bilan 100 kishi 45 kun davomida shug‘ullandi.
22 karatli 4 millionta oltin bo‘laklaridan tayyorlangan taqinchoqning aniq uzunligi 5,52 kilometrni, og‘irligi 256 kilogrammni tashkil etadi.
Zanjir Dubaydagi Savdo festivaliga atab tayyorlandi. Uni shahardagi sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan tilla bozorida tomosha qilish mumkin.
Izoh (0)