Jahon bozoridagi neft narxi 53 dollardan pasayib ketdi, deya xabar bermoqda “Vedomosti”.
Moskva vaqti bilan 5-yanvar 19:28 holatiga ko‘ra, Brent markasidagi neft 6,47 foizga arzonlashib, 52,99 dollardan sotila boshlagan.
WTI nefti narxi esa bir barrel uchun 49,99 dollarni tashkil etdi.
2014-yilda 48 foizga arzonlashib ketgan Brent qiymati tushishda davom etmoqda. Bloomberg yozishicha, bu bozorda neft mo‘lligi 2015-yilda ham saqlanishi mumkinligini bildiradi.
Izoh (0)