Amerikaning Florida shtati Kolambiya okrugi politsiyasi ikki qizni o‘zlarining 16 yoshli akasini o‘ldirganlikda aybladi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
11 va 15 yoshli qizlar jinoyatni ota-onalari ishda bo‘lgan vaqtda amalga oshirgan. Mahalliy politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, qizlarning kattasi ota-onasining yotoqxonasidan to‘pponcha olib chiqib, akasini otib tashlagan. Politsiya unga singlisi sheriklik qilgan deb hisoblaydi, biroq tepkini to‘ng‘ich qiz bosganligi taxmin etilmoqda.
Shundan so‘ng qizlar uyni tark etgan, biroq keyinroq politsiyachilar tomonidan qo‘lga olingan. Ularning ota-onalari ham o‘limni keltirib chiqargan beparvolikda ayblanib, hibsga olindi. Ayni paytda tergovchilar qizlar jinoyatni nima maqsadda amalga oshirganini aniqlamoqda.
Izoh (0)