Bir necha o‘n ming politsiyachilar o‘z hamkasblari Venyan Lyuni so‘nggi yo‘lga kuzatish uchun Nyu-Yorkning Bruklin tumanidagi dafn uyiga keldi, deb yozadi “TASS”.
O‘tgan yilning dekabrida Lyu va uning sherigini bir necha afroamerikaliklar o‘limi uchun tartib soqchilaridan shu tariqa o‘ch olmoqchi bo‘lgan erkak otib tashlagan edi.
Politsiyachilar dafn marosimida so‘zga chiqqan Nyu-York meri Bill de Blazioga nisbatan o‘z hurmatsizliklarini namoyish etdi. Gap shundaki, ular dafn uyi yoniga o‘rnatilgan katta ekranlarda merning nutqi translyatsiya etila boshlaganida, ekranga orqa qilib turib oldi. Bunday holat Lyuning sherigi Rafael Ramosning 27-dekabrda o‘tkazilgan dafn marosimida ham kuzatilgan edi.
Ushbu politsiyachilarning o‘limidan so‘ng Nyu-Yorkda huquqni himoya qilish organlari xodimlariga qarata tahdid etgan 20 ga yaqin kishi hibsga olindi.
Izoh (0)