Yevropada yadro qurolidan foydalanishga qodir bo‘lgan samolyotlar ekipajlarini tayyorlash ishlari davom etmoqda, deb yozadi “TASS”. Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Anatoliy Antonov so‘zlariga ko‘ra, ushbu jarayonga yangi davlatlarning, jumladan Polshaning jalb qilinishi xavotir uyg‘otadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiy idoralar o‘rtasida aloqaning mavjud emasligi Yevropada ishonch va xavfsizlik mustahkamlanishiga imkon yaratmaydi, aksincha tushunmovchilik va shubha tug‘diradi.
“AQSh bilan harbiy sohadagi hamkorlik tugatildi. Raketa hujumiga qarshi mudofaa bo‘yicha muzokaralar ham to‘xtatildi”, — deya eslatdi Antonov.
Izoh (0)