Hindistonning Kanpur shahrida bir maymun o‘nlab kishilar ko‘z o‘ngida o‘z do‘stini hayotga qaytardi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Gap shundaki, maymunni temir yo‘l relsida tok urib, hushi boshidan uchganida, uning qardoshi yordamga keldi. U o‘z do‘stini jonlantirishga kirishdi: maymun jabrlanuvchini urdi, tishladi, silkitdi va suvga otdi. Taxminan 20 daqiqadan so‘ng u o‘ziga keldi.
Hodisani o‘z kameralariga muhrlayotgan atrofdagi odamlar esa ularni olqishladi.
Izoh (0)