Amerikaning Florida shtatida yashovchi Reychel Enn Heyz Facebook’da do‘st bo‘lish so‘rovini rad etgani uchun o‘z buvisining yuziga musht tushirdi. Bu haqda WFLA xabar bermoqda. Ta’kidlanishicha, 27 yoshli ayol 72 yoshli buvisiga hamla qilganida mast holda bo‘lgan.
Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar tajovuzkor Enn Heyzni hibsga oldi. 18-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida ayol o‘z ishini yo‘qotishdan qo‘rqishini aytib, yig‘ladi va sudyadan garov puli evaziga uni qo‘yib yuborishini so‘radi. Enn Heyz buvisini urgani uchun kechirim so‘rab o‘tirmadi. Ayol bundan avval ham uch marta spirtli ichimliklar iste’mol qilish bilan bog‘liq hodisalar uchun qo‘lga olingan.
Keyinroq buvining aytib berishicha, nevarasining Facebook’dagi laqabi unga yoqmagani uchun do‘stlik so‘rovini qabul qilmagan (Facebook’da ayol o‘zini “Reychel Shayton Heyz” deb atagan).
19-dekabr kuni Enn o‘n ming dollar garov puli evaziga ozod etildi.
Izoh (0)