Moskva AQSh prezidenti Barak Obamani fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 70-yilligini nishonlashga taklif qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov bayonotiga tayanib.
“Rossiya va AQSh prezidentlarining aloqaga kirishishi mumkinligi haqida ayni paytda muzokaralar olib borilgani yo‘q”, — dedi Vladimir Putinning yordamchisi.
Nashrning eslatishicha, avvalroq ShHT sammitida Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 70 yilligini nishonlash haqida qaror qabul qilingani ma’lum bo‘lgan edi.
Izoh (0)