Rossiyalik olimpiada chempioni Alina Kabayeva Moskvadagi tamaddixonalardan biriga avtomat bilan qurollangan bir guruh kishilar hamrohligida keldi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Muassasa tashqarisida soqchilik qilayotgan avtomatchilarning rasmini shoumen Aleksandr Belov o‘zining Instagram sahifasida e’lon qildi.
Uning yozishicha, rasmda jangchilarning faqat yarmi aksi etgan. “Qolganlari kadrga sig‘madi, — deb yozadi shoumen. —Men erinmasdan ichkariga ham kirib chiqdim, shuning uchun buni aniq bilaman”.
Nashrning eslatishicha, sentabr oxirida Kabayeva Peterburgning Beshinchi kanali, “REN-TV”, “Izvestiya” gazetasi, “Russkaya slujba novostey” radiostansiyasi va Birinchi kanalga egalik qiladigan “Natsionalnaya Media Gruppa” mediaxoldingi rahbarligiga tayinlangan edi.
Izoh (0)