AQSh prezidenti Barak Obamaga kelasi yilning mayida Moskvada G‘alabaning 70 yilligini nishonlash bo‘yicha bildirilgan taklif “ko‘rib chiqilmoqda”. Bu haqda Obamaning Oq uy apparatidagi Rossiya bo‘yicha maslahatchisi Selest Uollanderga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Uning aytishicha, taklif “ko‘rib chiqilmoqda”. Qachon qaror qabul qilinishi hozircha noma’lum. Avvalroq Oq uy vakillari shu mavzudagi savollarga javob berar ekan, ularda “hozir prezidentning Rossiyaga safari bo‘yicha hech qanday e’lonlar yo‘qligi” haqidagi gaplar bilan cheklangan edi.
Moskvada o‘sha kuni Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Obamaning tantanalarga aksilgitler koalitsiyasi davlatlaridan birining yetakchisi sifatida taklif qilinganini aytgan edi.
Izoh (0)