UMS (Universal Mobile Systems) mobil operatori o‘z saytidan SMS-xabarlar jo‘natish imkoniyatini joriy qildi. Yangi xizmatga bag‘ishlangan sahifa kompaniya rasmiy saytida paydo bo‘ldi.
Ushbu xizmat saytdagi tegishli sahifa orqali faqat UMS abonentlariga SMS-xabar jo‘natish imkonini beradi. Ushbu xizmat bepul ko‘rsatilishi qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa ikki mobil aloqa operatori − Ucell va Beeline ham o‘z sayti orqali bepul SMS-xabar jo‘natish xizmatini taqdim etib keladi.
Avvalroq, UMS abonentlari xalqaro SMS-xabar jo‘natib bo‘lmasligidan noligani xabar berilgan edi.
Izoh (0)