TechRax tadqiqotchilari iPhone 6 smartfonini koka-kolada qaynatib, sinab ko‘rishga qaror qildi, deya xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”. “Sinov” jarayoni aks etgan video internetda tarqalib ketdi.
Unda tashabbuskorlar tomoshabinlarga ishlab turgan qurilmani namoyish etib, tovada qaynab turgan koka-kola ichimligiga soladi. 10 soniyadan so‘ng telefon o‘ta yuqori harorat haqida xabar beradi, biroq qaynatish jarayoni davom ettiriladi.
Koka-kola tarkibidagi suv bug‘lanib ketib, tovada faqat qoramtir massa qolgach, eksperiment tashkilotchilari qaynatishni to‘xtatadi. Shunda iPhone 6 mustahkam qora qatlam bilan qoplanib qolganini ko‘rish mumkin.
Bundan tashqari, smartfonning himoya oynasi ko‘chib tushgan, qurilmaning o‘zi esa yaroqsiz holga kelgan — uning tugmalari ishlamayapti, ekraniga esa hech qanday xabarlar chiqmayapti.
Izoh (0)