O‘zbekiston hukumati 2015-yil 1-yanvaridan jismoniy shaxslar tomonidan turar joy va korxona binolarining ijaraga berilish narxlari bazaviy miqdorini belgiladi, deya xabar bermoqda UzDaily.
Ijara to‘lovining bazaviy qiymatlari O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2014-yil 4-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarori (pdf) bilan belgilandi.
Korxona binolari ijara haqining eng kam miqdori umumiy maydonning 1 kvadrat metri uchun Toshkent shahrida oyiga 6 ming so‘m, Nukus shahri va viloyatlarga bo‘ysunadigan shaharlarda 4 ming so‘m hamda boshqa aholi punktlarida 2 ming so‘mdan belgilandi.
Turar joylar ijara haqining eng kam miqdori esa umumiy maydonning 1 kvadrat metri uchun Toshkent shahrida oyiga 3 ming so‘m, Nukus shahri va viloyatlarga bo‘ysunadigan shaharlarda 2 ming so‘m hamda boshqa aholi punktlarida 1 ming so‘m deb belgilandi.
Izoh (0)