O‘zbekiston 2020-yilgacha amaldagi gidroelektr stansiyalarining 19 tasini modernizatsiya qilish va takomillashtirish ishlarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “O‘zbekenergo” DAK investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Abdulla Ahmedovga tayanib, UzDaily xabar berdi.
Uning aytishicha, bu ishlar yoqilg‘i-energetika manbalaridan oqilona foydalanish va qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish maqsadida amalga oshiriladi.
“Natijada ularning quvvati 118,5 MVtga oshib, qo‘shimcha 600 million kVt elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Shuning hisobidan 250 million kubometr tabiiy gaz tejaladi”, — dedi Ahmedov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, “O‘zbekenergo” DAK ayni paytda sohada yangi ishlab chiqarishlarni yaratish, amaldagilarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish bo‘yicha jami 28 ta yirik investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirmoqda.
Izoh (0)