Amerikalik tadqiqotchilar ekspeditsiyasi Yevropa baliq tutuvchisi degan nom bilan ham taniqli bo‘lgan baliq — dengiz iblisini videoga tushirishga muvaffaq bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Uni ixtiologlar Kaliforniya shtatidagi Monterey Kanyonda aniqlab, foto- va videokamera bilan jihozlangan batiskaf (chuqur suv ostida yuradigan qurilma) yordamida videoga muhrladi. Ushbu baliq 550 metrgacha chuqurlikda yashaydi.
Dengiz iblisi — suv osti dunyosining eng sirli va tutqich bermas jonzotlaridan biri. U sovuq va yoqimsiz ko‘rinishi tufayli bunday nomga ega bo‘lgan.
Izoh (0)