AQShning Florida shtati Bradenton shahridagi baptistlar cherkovida bir erkak otishma uyushtirdi, natijada bir kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Jinoyatni amalga oshirishda 33 yoshli Andres Avalos gumon qilinmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, u cherkovning ishchisi hisoblanadi.
Bundan tashqari, Avalos yana ikkita qotillikni amalga oshirishda gumon qilinmoqda.
Taxmin etilayotgan qotilni qidirish vaqtida hukumat xavfsizlik yuzasidan to‘rtta maktabni yopib qo‘yishga qaror qildi.
Izoh (0)