Filippinga “Xagupit” to‘foni yaqinlashib kelayotgani tufayli 500 mingga yaqin fuqaro zudlik bilan evakuatsiya qilindi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru” mamlakat ijtimoiy himoya va taraqqiyot departamenti kotibi Korason Solimanga tayanib.
To‘fonning tezligi 5-dekabr, juma kuni soatiga 215 kilometrdan 195 kilometrgacha pasaygan, biroq odamlar hayotiga solinadigan xavf darajasi avvalgidek baland bo‘lib qolmoqda.
Mamlakatning markaziy tumanlariga oziq-ovqat va dori-darmon zaxiralari jo‘natildi, Filippin qurolli kuchlari jangovar shaylik holatiga keltirildi.
Izoh (0)