Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev fikricha, Rossiya Federatsiyasi qudratini nazar-pisand qilmaslik kerak emas, deb yozadi “RIA Novosti”.
Nazarboyev Yevropa va Rossiya sanksiyalari bilan bog‘liq muammo “ko‘p qatlamli” ekanligini aytdi. “Birinchidan, xalqaro huquqlarning barchasi buzildi, yirik davlatlar rahbarlari orasidagi ishonch kamaydi, G8 tarqaldi, bularning barchasi nimaga olib kelishi mumkin?” — dedi Qozog‘iston prezidenti o‘zining fransiyalik hamkasbi Fransua Olland bilan uchrashuvdan so‘ng.
“Rossiyaning qudratiga past baho berish kerak emas”, — deya qo‘shimcha qildi u Rossiyaning hudud bo‘yicha eng katta davlat ekanligini eslatib.
Fransua Olland 5-dekabr kuni Qozog‘istonga davlat tashrifi bilan kelgan edi.
Izoh (0)