• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Toshkentda haydovchilarga hujum qilgan jinoiy guruh sudlandi

    Toshkentda shaxsiy avtomobillar egalariga hujum qilib, ularni talagan va mashinalarini olib qo‘ygan jinoyatchilar sud qilindi, deya xabar bermoqda “Inson va qonun” gazetasi.

    Foto: jcsattorney.com

    Foto: jcsattorney.com

    Akmal Nosirov va Vosit Hamroyev o‘zlarining qabih ishlarini Toshkent shahridagi “Oloy” bozori qarshisidagi yo‘ldan boshladi. Ular 2014-yilning 25-aprelidan 26-apreliga o‘tar kechasi bozor oldidagi ko‘chaga taksi to‘xtatish maqsadida yo‘lga chiqadi. Ularning oldiga Botir Shodiyorov boshqaruvidagi “Lasetti” avtomashinasi kelib to‘xtaydi. Haydovchi bilan go‘yoki yo‘lovchi sifatida gaplashgan “yo‘lovchi”lar taksichiga Qibray tumanidagi May qishlog‘iga olib borib qo‘yishni so‘rab, xizmat haqiga esa 20000 so‘m va’da qiladi. Shundan so‘ng taksichi aytilgan manzil tomon harakatlanadi, manzilga yaqinlashib qolganda “mijoz”lar o‘zlariga qulay, hech kim bo‘lmagan joyda haydovchiga to‘xtatishni buyuradi. Avtomashinani yo‘l chetiga to‘xtatgan Botir kutilmagan hamladan nima qilishini bilmay qoladi.

    Zo‘ravonlar Botirni mashinadan uloqtirib, o‘zlari “Lasetti”ni shahar tomon buradi va Akmalga tegishli bo‘lgan garajga olib keladi. U yerda avtomashina egasiga tegishli bo‘lgan 2500 AQSh dollari, 2 dona uyali aloqa vositasi, avtomashina hujjatlari va ehtiyot qismlarini o‘zlashtirib, mashinani Yunusobod tuman Laylakobod ko‘chasiga olib borib tashlaydi. Birinchi ishini muvaffaqiyatli tugatgan “ishbilarmon”lar mashinadan yechib olingan ehtiyot qismlarni bozorda sotib, cho‘ntagini qappaytiradi.

    Qisqa muddatda mo‘may daromad topishga ulgurgan Akmal va Vosit ikkinchi jinoiy harakatini ham kechiktirib o‘tirmaydi. Jinoyatchilar navbatdagi o‘ljasini qo‘lga kiritish uchun yana “Oloy” bozori qarshisidagi yo‘lga borib taksi to‘xtatishadi. Bu gal ularning oldiga Nodir Mansurov ixtiyoridagi “Neksiya” kelib to‘xtaydi. Haydovchiga eski manzil, ya’ni May qishlog‘iga olib borib qo‘yish tushuntirilib, yo‘l haqini esa ikki hissa to‘lashini aytadi. Manzilga yetib borgan jinoyatchilar Nodir Mansurovni ham oldingi “Lasetti” egasining ahvoliga solishadi. “Neksiya”ni esa yana o‘sha Akmalning garajiga olib boradi. Garaj ichida har galgidek kerakli qism­lari o‘zlashtiriladi hamda mashina egasining uyali aloqa vositasi va pullar ham e’tibordan chetda qoldirilmadi. Cho‘ntagini qappaytirgan jinoyatchilar bu bilan ham o‘z qilmishlariga chek qo‘yishni xayoliga keltirmadi. Aksincha, ular navbatdagi jinoiy harakat rejasini tuzishdi.

    Bu safar ularning qarmog‘iga Said Nabiyev boshqaruvidagi “Lasetti“ avtomashinasi ilindi. Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Buxoro” kafesi oldidan Qibray tumanidagi eski manzilgacha gaplashgan jinoyatchilar manzilga yaqinlashgach, bu “Lasetti” egasini ham do‘pposlab mashinadan uloqtirib tashlaydi. Mashina esa har doimgi garajga olib kelinib, kerakli qismlar olinadi. Mashina esa “TashGRES” mavzesidagi 2-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi yonidagi garajlar oldida qoldirib ketiladi.

    Qisqa muddatda ishi yurishib ketgan jinoyatchilarning qilmishlari uzoqqa cho‘zilmadi. Unga Qibray tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan nuqta qo‘yildi. Qora kursiga olib kelingan jinoyatchilarga esa sud tomonidan hukm o‘qildi.

    05.12.2014, 12:44   Izoh (0)   6987
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Pan Gi Mun jangarilarning Grozniyga hujumini qoraladi

    05.12.2014, 11:25

    Dmitriy Medvedevning Twitter’ida obunachilar soni 3 mln kishiga yetdi

    05.12.2014, 11:05

    Raqsga tushayotgan santexnik usta YouTube yulduziga aylandi (video)

    05.12.2014, 10:54

    Microsoft Qrimni Rossiyaning bir qismi sifatida tan oldi

    05.12.2014, 10:40

    Yaponiyalik GPS-rasm orqali o‘zi sevgan qizga turmush qurishni taklif qildi

    05.12.2014, 10:15

    Kerri Rossiya o‘z izolyatsiyasida o‘zi aybdorligini aytdi

    05.12.2014, 09:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Mask bilan nizo tufayli uning biznesini barbod qilmasligini bildirdi

    Dunyo | 24 iyul, 23:44

    Qator xorijiy yetakchilar va hamkorlar Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 24 iyul, 22:57

    O‘zbekistonda qaysi qonunlar eng ko‘p o‘qilayotgani maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 24 iyul, 22:36

    Germaniyada 332 ta inshootdan iborat qadimiy shahar topildi

    Dunyo | 24 iyul, 22:10

    Oleksandr Usikning navbatdagi jangi rasman tasdiqlandi

    Sport | 24 iyul, 22:00

    AQSH Vengriyaga 350 yil avval o‘g‘irlangan qo‘lyozmani qaytarib berdi

    Dunyo | 24 iyul, 21:55

    Tabrizda 75 kunlik suv zaxirasi qolgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 24 iyul, 21:40

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    O‘zbekiston | 24 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.