Suvsoz ustaning berilib raqsga tushayotgani aks etgan video YouTube’da ommalashib ketdi, deya xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”. Uni shu paytgacha deyarli bir million marta tomosha qilishdi.
Shotlandiyalik Mark Toupen ismli suvsoz usta o‘zi bilmagan holda YouTube yulduziga aylandi. Ish vaqtida yangrayotgan musiqaga ajabtovur raqs tushayotgan erkakni uning hamkasbi videoga oldi.
Internet foydalanuvchilari ustaning egiluvchan va mohirona harakatlarini e’tirof etdi. Mark o‘z shahrida mashhur kishiga aylanib ketdi, uni ko‘chalarda tanib, dastxat so‘ray boshlashdi.
Izoh (0)