MDH davlatlaridagi sayyohlik operatorlari yangi yilda Gruziya, Armaniston va O‘zbekistonga eng ko‘p sayohat uyushtirilishini ma’lum qildi. Bu haqda RATA-news’ga tayanib, UZ24 xabar berdi.
Ushbu reytingda Gruziya va Armaniston kichik farq bilan birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egalladi. Xabarda keltirilishicha, Gruziya sayyohlar orasida ekskursiyaviy dasturlar xilma-xilligi bilan ommabopdir.
Reytingda yuqori uchlikning so‘nggi pog‘onasini band etgan O‘zbekistonga sayyohlar, asosan Yangi yil bayramidan keyin tashrif buyuradi. Sayyohlik operatorlari fikricha, mamlakatda ushbu bayramni nishonlashning o‘ziga xos an’analari bo‘lmagani sababli, sayyohlar O‘zbekistonga bayram vaqtida kelmaydi.
O‘zbekistonga besh kunlik sayohat kishi boshiga 870 dollardan boshlanadi, yo‘lga alohida yana 28 ming rubl to‘lanadi.
Izoh (0)