Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti OIV bilan kasallangan bolalar va ayollarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xayriya aksiyasini boshladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”. Shu maqsadda OTMda xayriya mablag‘larini to‘plovchi bokslar o‘rnatildi.
TXVUdagilarning aytishicha, yig‘ilgan mablag‘ OIVga chalingan onalarning emizikli bolalari uchun oziq-ovqat, OIV bilan kasallangan bolalar va o‘smirlar uchun polivitaminlar sotib olishga sarflanadi. Bundan tashqari, OIV yuqtirgan ayollar bandligini ta’minlash uchun tikuv mashinalarini xarid qilish rejalashtirilgan.
Aksiyaga 1-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan OITSga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan tadbirda start berildi.
Izoh (0)